Hofiz Xorazmiy
⸺⸎⸺ ⸺ 1 ⸺ ⸺⸎⸺
Taajjub aylamangiz izdasam diyorimni,
Vatan chu jon erur, borcha jonini izdar.
Nechaki suvni olib bahrdin bulut ko‘kka
Yetursa, oqibat ul o‘z makonini izdar.
Baho guhar bila javhar tonar chnqib kondin,
Vale niyoz bila bahru konini izdar.
G‘arib shoh-i zamonning vaziri ham bo‘lsa,
Hamisha jon bila o‘z xonumoninn izdar.
Agarchi shoh-i zamon ilgigor nishiman-i boz,
Vale ko‘ngul bila boz oshyonini izdar.
⸺⸎⸺ ⸺ 2 ⸺ ⸺⸎⸺
Kom-i jonni tilama, ey oqil,
Chun bu olamning ichra yo‘qdur kom.
Kom agar bo‘lsa erdi olamda,
Topg‘ay erdi tan ichra jon orom.
Besaranjom ko‘runur ishlar,
Chun ko‘runmas jahon ishinda nizom.
Oqidbat chun jahonda qolmasmiz,
Yaxshi uldurki, yaxshi qolsa nom.
⸺⸎⸺ ⸺ 3 ⸺ ⸺⸎⸺
Necha san devsifat xalq ora yurugasan,
Kunj-i uzlatni talab aylavu xush inson bo‘l.
⸺⸎⸺ ⸺ 4 ⸺ ⸺⸎⸺
Bu xasta dardini shaksiz o‘shul tabib bilur,
Muhabbat jarohatu ranjini chun habib bilur.
G‘ami bu xasta ko‘nguldin dame judo bo‘lmas,
G‘arib holini har holda g‘arib bilur.
⸺⸎⸺ ⸺ 5 ⸺ ⸺⸎⸺
Kishini yaxshikim ul yor-i mehribon bilgay,
Aning bikin kishining qolmag‘ay nihon tilagi.
⸺⸎⸺ ⸺ 6 ⸺ ⸺⸎⸺
Izdar ersang koru bor faqrmaskan bo‘lako‘r,
Bor miskinlarga chun haq hazratinda korubor.
Aylagil doim tavozu’ yaxshi ot izdar esang,
Kim tavozu’ pesha qilg‘anlar bo‘lubdur nomdor.
Mard-i ma’no ul erur qilsa tavozu’ borchag‘a,
Chun sarafkanda bo‘lur shoxeki, bo‘lur mevador.
⸺⸎⸺ ⸺ 7 ⸺ ⸺⸎⸺
Tilar bo‘lsang, ey yor, pokiza siyrat,
Ki bo‘lsa sanga mulk-i ma’noda ravnaq,
Maqom-i fanoda bo‘lub, oqil o‘lg‘il,
Baqo munda izdamayu bo‘lma ahmaq.
Bu mim-i maniyni ketarsang o‘zungdin,
Ketar botilu ul zamonda qolur haq.
⸺⸎⸺ ⸺ 8 ⸺ ⸺⸎⸺
Suvrat ichra gado-yi ishq bo‘lub,
Mulk-i ma’noda podsho bo‘lg‘il.
⸺⸎⸺ ⸺ 9 ⸺ ⸺⸎⸺
Ma’shuq birla oshiq agar pok borsalar,
Nozu niyoz ikkisini sohib-i kamol etar.
⸺⸎⸺ ⸺ 10 ⸺ ⸺⸎⸺
Hofiz kamol izdayu joidin kechib turur,
Kim jonidin kechmasa sohibkamol emas.
⸺⸎⸺ ⸺ 11 ⸺ ⸺⸎⸺
Aql ila ishq hargiz tuz kelmadi bu yo‘lda,
Oshiq qoshinda sig‘mas chun zohid-i muvasvis.
⸺⸎⸺ ⸺ 12 ⸺ ⸺⸎⸺
Aql birla ishqni bilmak erur amr-i mahol,
Tifl-i abjadxon erur bu yo‘lda aql-i pirimiz.
⸺⸎⸺ ⸺ 13 ⸺ ⸺⸎⸺
Ne turlu tarbiyate ishqning yo‘lindakim, alar.
O‘shul nigor elindin javr ila jafog‘a yetishmas.
⸺⸎⸺ ⸺ 14 ⸺ ⸺⸎⸺
Xalqdin ne jafo sanga tegsa,
Orif ersang ko‘ngulni tang etma.
Ohutak bo‘lmoq izdasang mushkin,
Kibr ila o‘zungni palang etma.
Barcha sulh etmagin tilar bo‘lsang,
Xalqdin xashm eyu jang etma.
⸺⸎⸺ ⸺ 15 ⸺ ⸺⸎⸺
Ketarsang bu movumaniyni o‘zungdin,
Ko‘rungay sanga ul zamon ma’no-yi haq.
Agar oqil ersang bu so‘zni eshitkil
Kim, eshitmadi haq so‘zin hech ahmaq.
⸺⸎⸺ ⸺ 16 ⸺ ⸺⸎⸺
Bo‘lay bu nafsdin kizlay taqi uyla chiqa bilsang,
Baqo yuzini ko‘rguzgay o‘shul dam rahbar-i olo.
⸺⸎⸺ ⸺ 17 ⸺ ⸺⸎⸺
Da’vo-yi muhabbat qilu nafy ayla o‘zungni,
Bu da’vo chu ma’noda bo‘lur nafy-i ila isbot.
⸺⸎⸺ ⸺ 18 ⸺ ⸺⸎⸺
Dilbar sanga yor erur, san yor bo‘la ko‘rgil,
G‘aflat bila mast o‘lma, hushyor bo‘la ko‘rgil.
⸺⸎⸺ ⸺ 19 ⸺ ⸺⸎⸺
Joning bila gar yori muvofiq tilar ersang,
Asl ila muxolif bo‘lu ishq ila muvofiq.
⸺⸎⸺ ⸺ 20 ⸺ ⸺⸎⸺
Suvrat-i faqru fanoda topa bilgan ishqin,
Shohdur ma’no bila ul kishi, darvesh ermas.
⸺⸎⸺ ⸺ 21 ⸺ ⸺⸎⸺
Haq yor, yor birla to‘ludur jahon, vale
Haqdin safovu diyda-yi diydorbin tila.
⸺⸎⸺ ⸺ 22 ⸺ ⸺⸎⸺
Bo‘lmasa ishing kifoyat aql birla hushdin,
Boda-yi ishqin ichib o‘zungni behush aylagil.
⸺⸎⸺ ⸺ 23 ⸺ ⸺⸎⸺
Bilgasiz holni bu so‘zlardin,
Ishq chun tarjimon-i oshnq erur.
⸺⸎⸺ ⸺ 24 ⸺ ⸺⸎⸺
Yuzi mehriga jon bo‘lg‘ali oshiq,
Muhabbat so‘zidur chun subh-i sodiq.
⸺⸎⸺ ⸺ 25 ⸺ ⸺⸎⸺
Bu olam ichinda manga ul yor topulmas,
G‘am birla o‘ladurmanu g‘amxor topulmas.
⸺⸎⸺ ⸺ 26 ⸺ ⸺⸎⸺
Jamoli holini ahli kamol bildi taqi,
Gumonda bo‘lma ko‘ngul ichra bor hol-i jamol.
⸺⸎⸺ ⸺ 27 ⸺ ⸺⸎⸺
Fano yo‘ling‘a qachon ishq ila qadam bossang,
Falakni xoksifat anda rom ko‘rgaysan.
⸺⸎⸺ ⸺ 28 ⸺ ⸺⸎⸺
Ulki yuzi gulistonimdur manim,
Qomati sarv-i ravonimdur manim.
Yuzi mehrindin ko‘ngul ravshan erur,
Yuzi moh-i osmonimdur manim.
⸺⸎⸺ ⸺ 29 ⸺ ⸺⸎⸺
Shukr lillohkim, o‘shul jonu jahonni ko‘rdum,
Qarshuda ma’no bila suvrat-i jonni ko‘rdum.
Ko‘nglum oldurub elimdin yurur erdim nogah,
Kim o‘shul jon tilagi, ko‘nglum olonna ko‘rdum.
⸺⸎⸺ ⸺ 30 ⸺ ⸺⸎⸺
Ishq-i boqiy birla foniydin kecha bilsang tamom,
Ko‘rgasan ul hol ichinda qatra-yi daryo-yi ishq.
Gar sarafroz-i jahon bo‘lmoq tilar bo‘lsang mudom,
Jon bila bo‘lg‘il bu yo‘lning ichra xok-i po-yi ishq.
⸺⸎⸺ ⸺ 31 ⸺ ⸺⸎⸺
Qaroru sabr bu xasta ko‘ngulda qolmadi, lekin
Muhabbatu g‘am-i ishq anda bo‘ldi asri ziyodat.
⸺⸎⸺ ⸺ 32 ⸺ ⸺⸎⸺
Ishqning yo‘lida fano bo‘ldum,
Sig‘madi munda chun saru dastor.
⸺⸎⸺ ⸺ 33 ⸺ ⸺⸎⸺
Sozu vaslin izdayu jon udtak doyim yonar
Kim, bila olg‘aysa bu ne so‘zu ul ne soz erur.
⸺⸎⸺ ⸺ 34 ⸺ ⸺⸎⸺
Dard-i hijronni nasib aylading ersa jong‘a,
Vasldin ayla davo chun anga darmonsan san.
⸺⸎⸺ ⸺ 35 ⸺ ⸺⸎⸺
Ko‘ngil murodi bukim bo‘lsa pokboz, ey do‘st,
Vafo yo‘linda taqi qilsa bir niyoz, ey do‘st.
⸺⸎⸺ ⸺ 36 ⸺ ⸺⸎⸺
Ko‘zni yumsang jam’-i ashyodin,
Ko‘runur erdi ma’no-yi ashyo.
O‘z-o‘zungdin tamom mahv o‘lsang.
Ochilur erdi sanda sirr-i xudo.
⸺⸎⸺ ⸺ 37 ⸺ ⸺⸎⸺
Boshg‘ara bilmadi nomard muhabbat yo‘lini,
Ishq yo‘lin chu bosharmag‘a kerak mard-i mard.