Hofiz Xorazmiy
180-01-521-289_290

Yuzi berdi jon gulistonig‘a ravnaq
Kim, etdim bu jon jomasin gul bikin shaq.
Lab-i la’lining yodi birla chakarman,
Mudom emdi jom-i sharob-i muravvaq.
Xarobot-i ishq ichra bo‘ldum o‘sh emdi,
Sharob-i mug‘oniy bila mahv mutlaq.
Ketarsang bu movumaniyni o‘zungdin,
Ko‘rungay sanga ul zamon ma’no-yi haq.
Agar oqil ersang bu so‘zni eshitkil
Kim, eshitmadi haq so‘zin hech ahmaq.
Bu dam davo-yi ishqdin dam ururman,
Chu da’vo bila bo‘ldi ma’no muhaqqaq.
Base durr-i ma’noni Hofiz topibdur,
Bu bahr ichra solg‘ali o‘zin chu zavraq.

Devon. I -kitob, 289-290-bet.