179-01-351-201
Bu xasta dardini shaksiz o‘shul tabib bilur,
Muhabbat jarohatu ranjini chun habib bilur.
G‘ami bu xasta ko‘nguldin dame judo bo‘lmas,
G‘arib holini har holda g‘arib bilur.
Mehnat ichra kishikim yemasa xun-i jigar,
Jamn’ ahl-i nazar ani benasib bilur.
Agarchi suvrat ila do‘st bas ba’id erur,
Valekin ma’noda oshiq ani qarib bilur.
Jamolu husni so‘zin so‘rsangiz man aytayim,
Chu gul latofatu husnini andalib bilur.
Base chekarman eshiginda oh ila faryod,
Nelarki chakdim o‘shani sagu raqib bilur.
Bu davr ichinda bilur so‘z adosini Hofiz,
Chu na’ra minbar uza voizu xatib bilur.
Devon. I -kitob, 201-bet.