178-02-551-6
Durd-i dardin jom-i ishqindin ravon no‘sh aylagil,
Nekim, andin o‘zga bor, borin faromush aylagil.
Jur’aye dildorning la’lindin izdasang mudom,
Zavq birla ul xum-i sahbo bikin xush aylagil.
La’l-i shakarborini yod aylaganda jon bila,
Bersa zahrob ilgidin, sharbat bikin no‘sh aylagil.
Bo‘lmasa ishing kifoyat aql birla hushdin,
Boda-yi ishqin ichib o‘zungni behush aylagil.
Tun kechakim do‘st birla rost erdi soz-i aysh,
Emdi ko‘rguzub navo yod-i shabdo‘sh aylagil.
Chang-i ishratsoz so‘zlar ayshning so‘zin mudom,
Pirning qavlini, ey nozuk javon, go‘sh aylagil.
Yor so‘z so‘zlagan aro, Hofizo, so‘z bor ekan,
Jon quloqini ochib ul damda xomush aylagil.
Devon. II -kitob, 6-bet.