Hofiz Xorazmiy
177-01-421-238

Soqiyo pir-i mug‘on tokim bo‘lubdur pirimiz,
Boda ichmakdin o‘ngin yo‘q fikru ham tadbirimiz.
Ketmagay boshdin havo-yi boda, bo‘lsak xok ham,
Chun azalda qildilar boda bila taxmirimiz.
O‘zligimiz birla bu mayxonag‘a biz kelmaduk,
Kelturubturur qazo-yi xaq bila taqdirimiz.
Jon parishonholu majnunu bas oshifta erur,
Turra-yi tarorini to ayladi zanjirimiz.
Xok-i tiyra erduku jon birla savduk pokni,
Mundin o‘zga bormudur, aytung, bu dam tavfirimiz.
Dor-i ishq uzra fano-yi haq bo‘lub topduq baqo,
Ko‘rgil emdi benishonliq ichra doru girimiz.
Yuz tuman ming bo‘lsa ham bir ko‘rung ahlullohni,
Chun birimizdur yuz mingu yuz ming erur ham birimiz.
Aql birla ishqni bilmak erur amr-i mahol,
Tifl-i abjadxon erur bu yo‘lda aql-i pirimiz,
Hofizo, ravshan bayon ayladuk asroringnikim,
Mus’haf-i husnindin erur oyatu tafsirimiz.

Devon. I -kitob, 238-bet.