Hofiz Xorazmiy
176-01-258-151_152

Soqiy, vaqti gul erur bodayi gulgun keltur,
Mutribo, changing tuzub nag‘ma-yi mavzun keltur.
Ko‘nglum aql iqolindin erur bas tiyra,
Oqil eltib mani mayxonag‘a majnun keltur.
O‘z qonimg‘a bo‘lubman bu zamonda tashna,
Boda bo‘lmasa kelib tig‘ bila xun keltur.
Andakim zohid edim boda harom erdi manga,
Rindu qallosh-i xarobatman aknun, keltur.
Bodani jom-i jahondin ichibon bo‘lman mast,
Mani mast aylagali boda-yi digargun keltur.
Moh-i nav yanglig‘ agarchi manga tushti kamu kost
Moh-i tobontak o‘shul ratlni afzun keltur.
Topmasang Hofiz bechora uchun jom mudom,
Ushbu tarkibdin emdi anga ma’jun keltur.

Devon. I -kitob, 151-152 betlar.