Hofiz Xorazmiy
173-01-462-259

To dard-i ishqi bo‘ldi xasta ko‘ngulga munis,
Bo‘lmadi ayshu ishrat yoning‘a ul muhavvis.
Aql ila ishq hargiz tuz kelmadi bu yo‘lda,
Oshiq qoshinda sig‘mas chun zohid-i muvasvis.
Parvonatak bu jonni o‘tg‘a ravon yoqayim,
Ravshan yuzi qachonkim bo‘lsa charog‘-i majlis.
La’l-i xayoli qilsa muflis mani, tong ermas,
Mayxorani chun aylar boda mudom muflis.
Ustod jodu ko‘zi ta’lim-i g‘amzasing‘a
Shogird bo‘ldi jondin muftiyu ham mudarris.
Lavh-i jahonning ichra chakmadi qoshi yanglig‘,
Naqsh-i qazovu qudrat to bo‘ldilar muhandis.
Hofiz bikin jahonda mashhur bo‘lg‘ay erdim,
Yod aylasa bu qulni sulton Abulfavoris.
Devon. I-kitob, 259-bet.