Hofiz Xorazmiy
171-01-454-255

Bu ohim ul but-i berahm, bevafog‘a yetishmas,
Gado-yi so‘xtadil holi podshog‘a yetishmas.
Ne turlu tarbiyate ishqning yo‘lindakim, alar.
O‘shul nigor elindin javr ila jafog‘a yetishmas.
Balo-yi ishqdin, ey zohid-i fusurda g‘am ermas,
Chu man balomanu hargiz balo balog‘a yetishmas.
Visol-i xonidin oxir navolaye ne erurkim,
Yetishdim emdi bu xonimg‘ayu gadog‘a yetishmas.
Navo ko‘ngul talab aylar hamisha yuzi gulindin,
Vale chu bulbul-i mahzun bikin navog‘a yetishmas.
Havo-yi ishq ila parvoz doimo qiladurman,
Tana’’umi chu jahon ichra bu havog‘a yetishmas.
Baqo-yi ishq talab aylasang fano bo‘l, Hofiz,
Fano-yi mahz chu bo‘lmay kishi baqog‘a yetishmas.

Devon. I-kitob, 255-bet.