Yaratg‘an bori qilg‘ali jahonni yo‘qdin paydo,
Jamolu husnina barchani qildi oshiqu shaydo.
Jamoli oftobini jahong‘a jilva qilg‘ali,
Ko‘rarsang bordur (ur) har zarraning joninda yuz savdo.
Qachon oyina-yi joning jamolindin jilo topsa,
Jahon ichra ko‘rungay erdi barcha dilbar-i zebo.
Ne gabru, ne musulmonu, ne tarso, ne yahudiylar,
Ne mo‘min, ne muvahhidkim, anga quldur bari haqqo.
Behisht ichra agar bo‘lmasa yodi, qa’r-i do‘zaxdur,
Aning yodi bila do‘zax erur chun jannat-i a’lo.
Shifo qonun-i ishqindin sinab jon birla izdarsang,
Sanga shogird bo‘lg‘ay ul zamonda Bu Ali Sino.
Jahon ichra qila ko‘rgil o‘shaning dardini hosil,
Chun ul durr-i garonmoya ko‘runur hosil-i daryo.
Bo‘lay bu nafsdin kizlay taqi uyla chiqa bilsang,
Baqo yuzini ko‘rguzgay o‘shul dam rahbar-i olo.
Dame kechsang o‘z o‘zungdin, taqi bo‘lsang anga vosil,
O‘shul dam ichra ko‘rgansaiki, nedur diyda-yi biyno.
Muhabbat nuri birla diyda-yi jonni qachon ravshan
Qilur bo‘lsang, ko‘rungay oyinangda ma’ni-i ashyo.
Tilar bo‘lsang haqiqat mulkida sardor bo‘lmaqliq,
Alif yanglig‘ bo‘la ko‘rgil muhabbat lavhida yakto.
Agar fard anga boqmayin bu kun o‘zingni fard etsang,
Nido kelgay sanga fardoniyatdin ul zamon fardo.
Vafo-yi jon talab qilsang qaba-yi tanni xok ayla,
Sadafning ichra kun topmadi qiymat lo‘luyi lolo.
Bu harfu savtdin kechti ravon jon o‘yna Hofizkim,
Asir erur qafas ichra so‘zindin to‘tiyi go‘yo.
Devon. I -kitob, 16-bet.