Hofiz Xorazmiy
191-01-80-62

Ko‘ngil murodi bukim bo‘lsa pokboz, ey do‘st,
Vafo yo‘linda taqi qilsa bir niyoz, ey do‘st.
Niyoz birla nurungni ko‘rarga jon o‘ynar,
Muhibga hech yarashmas qilursa noz, ey do‘st.
Eshigingizga borib yuzungizni ko‘rganda
Bilindi qibla-yi maqsudu ham Hijoz, ey do‘st.
Hazor sajda agar qilsaman ko‘rungay sahv
Qoshing xayoli ila qilmasam namoz, ey do‘st.
Ko‘z uchi birla boqib mulk-i jon tamom olding,
Saning bikin qani olamda chashmboz, ey do‘st.
Qaroru amin qaro zulfung ilgidin topmay
Hikoyatin qilur ersam, tushar daroz, ey do‘st.
Taajjub etma agar noladin bo‘lubman nol
Firoh o‘tinda ko‘zumdin borur ifrot, ey do‘st,
Shikasta oshiq bechora hech topa olmas
Saning bikin bu jahon ichra chorasoz, ey do‘st.
Boshin adoqinga solg‘ali Hofiz-i miskin,
Qilur hamisha o‘shul yondin ihtiroz, ey do‘st.
Devon. I -kitob, 62-bet.