189-02-571-16
Banda-yi xaq bo‘lu olamning uza sulton bo‘l,
Iyd-i jon izdayu g‘am matbaxida qurbon bo‘l.
Necha san devsifat xalq ora yurugasan,
Kunj-i uzlatni talab aylavu xush inson bo‘l.
Ushbu ko‘zlar qoshida tan biki paydo bo‘lmay,
Jon bikin jumla jahonning ko‘zidin nihon bo‘l.
Dona-yi vaslni gar izdar esang jon birla,
Dom-i zanjir-i sar-i zulfida sargardon bo‘l.
Yuzini ko‘rgan aro gar tilasayag zavq-i simo’,
Yuzining mehri bila zarrasifat raqson bo‘l.
Lazzat-i faqru faioni topa bilding ersa,
Sham’ yanglig‘ yonib o‘rta, orada xandon bo‘l.
Ushbu Hofiz biki san faqru fano yo‘linda
Dard-i dil hosil etib, vosil-i har darmon bo‘l.
Devon. II -kitob, 16-bet.