Hofiz Xorazmiy
188-02-1042-250

Adam jahonidakim yo‘q edi jahon tilagi,
Shakarsifat og‘zi erdi xasta jon tilagi.
Jamolu husnina oshiq esang mujarrad bo‘l,
Chu oshnq yo‘lida sig‘madi xonumon tilagi.
Kamoli bor jamol ichra ul sanamningkim,
Yuzini ko‘rmak erur piru ham javon tilagi.
Habib eshigida bo‘lmasa ko‘z yoshi soyil,
Qabul bo‘lmag‘ay erdi aning ravon tilagi.
Raqib mone’-i dnydor bo‘ldi oshiqg‘a,
Ne yaxshi ko‘rgay o‘shul kim erur yamon tilagi.
Kishini yaxshikim ul yor-i mehribon bilgay,
Aning bikin kishining qolmag‘ay nihon tilagi.
Yuzini ko‘rmak uchun jon ravon qilur Hofnz,
Chun ul sanamdin erur umr-i jovidon tilagi.

Devon. II -kitob, 250-bet.