Hofiz Xorazmiy
182-01-79-61

Tolib-i jonman tesang yorni qilg‘il talab,
Yo‘q bo‘lubon bir yo‘li borni qilg‘il talab.
Gar tilar ersang safo, ishqning o‘tig‘a yon,
Nur-i ilohiy uchun norni qilg‘il talab.
Xor-i vujudung erur moni’-i gulzor-i jon,
O‘tg‘a yoqayim teyu xorni qilg‘il talab.
Xor-i vujud ichra san sirr-i analhaq ko‘rub
Mayl-i guliston qilib, dorni qilg‘il talab,
Hamdam agar o‘zunga yorni izdar esang,
Siyna-yi bekiynada g‘orni qilg‘il talab.
Izdayur ersang navo har dam ushshoq aro
Chang-i maoniyda san torni qilg‘nl talab.
Hofiz, bu yo‘lda san bo‘lma dame korsiz,
Korki haqda, san korni qilg‘il talab.

Devon. I -kitob, 61-bet.