Devon. II -kitob, 271-bet.
Bo‘ldi bag‘rim kabob-i ishq, ey do‘st,
Keltur emdi sharob-i ishq, ey do‘st.
Qila bilmadi hech bob bilan
Muhtasib ihtisob-i ishq, ey do‘st.
Xasta g‘amgin ko‘ngulni ovlasang,
Bo‘lg‘asan kamyob-i ishq, ey do‘st.
Chakadurman azob-i ishqnikim,
Rohat erur azob-i ishq, ey do‘st.
Jon xatarda erur muhabbat ila,
Bu xatodur, savob-i ishq, ey do‘st.
Soni yo‘q zarralarga son bo‘lg‘ay,
Tug‘sa ul oftob-i ishq, ey do‘st.
Zarratak behisob bo‘ldumman,
Ushbu erur hisob-i ishq, ey do‘st.
Hofiz ayladi sidq birla duo,
Bo‘lsa ul mustab-i ishq, ey do‘st.
Olam-i g‘aybdin kelur beayb,
Jong‘a ushbu xitob-i ishq, ey do‘st.
Devon. II -kitob, 271-bet.